Smeta

Bo’lim:

— Buyurtmachilar tomonidan beriladigan topshiriqlari boʼyicha avtomobil yoʼllari va yoʼl inshootlarini qurish, qayta qurish, toʼla va joriy taʼmirlash ishlari uchun smeta hujjatlarini loyiha bosh muhandislari taqdim etgan ishlar qaydnomasi asosida yetarli darajada toʼliq va yuqori sifatda ishlab chiqib, buyurtmachiga koʼrsatilgan muddatlarda topshiradi.

— Obʼektning boshlangʼich joriy narxlarini boʼlim tomonidan shakllantirish yoki resurs smetalarini Qurilish vazirligining tegishli boshqarmalariga shartnoma asosida topshirish va smeta hujjatlarini qabul qilish;

Boʼlim tomonidan ishlab chiqilgan smeta hujjatlarining davlat ekspertiza boshqarmalari va buyurtmachilari oldida himoya qilish;

— Davlat ekspertiza boshqarmalari tomonidan smeta hujjatlariga berilgan takliflar va kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini olib boradi.

 Smeta xujjatlarini ishlab chiqishda zamonaviy xisoblash texnikalar va programmalaridan foydalanilgan holda ishlab chiqarishga tadbiq etiladi.