Sunʼiy inshootlarni loyihalash

Sunʼiy inshootlarni loyihalash boʼlimida umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʼllari, shahar va qishloq ichki xo’jalik yoʼllaridagi koʼpriklar, yoʼl oʼtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni loyihalash boʼyicha mutaxasisslar faoliyat yuritadi. Boʼlimning asosiy vazifasi umumfoydalanuv avtomobil yoʼllaridagi transport yechimlari, koʼpriklar, yoʼl oʼtkazgichlar, estakadalar, tonnelar, yer osti va yer usti piyodalar oʼtish joylari, galereyalar va boshqa sunʼiy inshootlarni loyiha xujjatlarini texnik-iqtisodiy asoslari, texnik-iqtisodiy hisoblari, ishchi xujjatlar va ishchi chizmalarni ishlab chiqishdan iborat.