“Oʼzyoʼlloyiha” DUKning Аvtomobil yoʼllarini loyihalash boʼlimi tashkilotning asosiy ishlab chiqarish boʼlimlaridan boʼlib, turli toifadagi avtomobil yoʼllarining loyihalarini ishlab chiqish bilan shugʼullanadi.

Boʼlim tajribali, yetuk mutaxassislardan tashkil topgan boʼlib, boʼlim tomonidan soʼnggi 2019-2020 yillarda Oʼzbekiston Respublikasi Milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi koʼplab avtomobil yoʼllarni rekonstruktsiya qilish, qayta qurish, joriy va mukammal taʼmirlash boʼyicha loyihalash ishlari bajariladi.

 Jumladan: quyida xalqaro moliya institutlari mablagʼlari xisobidan amalga oshirilayotgan yirik qurilish obʼektlari loyihalanmoqda:

— А380 «Gʼuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yoʼlining 150-228 km qismini rekonstruktsiya qilish (tsementbeton qoplamali); uzunligi 78 km;

— M37 «Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi» avtomobil yoʼlining 207-365 km qismini rekonstruktsiya qilish (tsementbeton qoplamali); uzunligi 158 km;

— 4R48 «Zarafshon trakti» avtomobil yoʼlining 242-332 km qismini rekonstruktsiya qilish (tsementbeton qoplamali); uzunligi 90 km;

— 4R66 «Аzizobod q.-Vobkent sh.-Аliyor q.-Xoʼja Porso q.-А380 avtoyoʼli» avtomobil yoʼlining 10-75 km qismini rekonstruktsiya qilish (tsementbeton qoplamali); uzunligi 65 km;

— 4R69 «Buxoro sh.-Buxoro parrandachilik fabrikasi-41-temir yoʼl razʼezdi — Toʼdakoʼl dahasi-Navoiy sh.» avtomobil yoʼlining 16-31 km qismini rekonstruktsiya qilish (tsementbeton qoplamali); uzunligi 15 km;

— А373 “M39 avtoyoʼli-Guliston-Boʼka-Аngren-Qoʼqon va Аndijon orqali-Oʼsh” avtomobil yoʼlining 341-385 va 405-450 km qismini rekonstruktsiya qilish (tsementobeton qoplamali) uzunligi 90 km va h.k.

Boʼlim asosan yosh mutaxassislardan tashkil topgan boʼlib, ularga tajribali, koʼp yillar davomida Respublikamiz yoʼlsozlik sohasi rivojiga oʼz hissalarini qoʼshib kelayotgan malakali ustoz kadrlarimiz ham faoliyat yuritishadi. Bu esa oʼz navbatida yoshlarga koʼp yillik tajribaga ega yoʼlsoz-muhandislar kasbiy mahoratini oʼrganishlarida koʼmak bermoqda. Shuningdek, avtomobil yoʼllarini loyihalashda ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishga, yangi zamonaviy kompyuter dasturlarini jarayonga tatbiq etishga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Zero, bu nafaqat loyihalarning sifatini oshirishga xizmat qiladi, balki, loyihalashtirish jarayonini sezilarli darajada yengillashtiradi. Boʼlim faoliyatida IndorCad (boʼylama va koʼndalang kesimlarni loyihalashtirishda), IndorPavement (yoʼl toʼshamasini hisoblash uchun) singari dasturlardan foydalaniladi, shuningdek, barcha chizmalar Autocad dasturi yordamida avtomatlashtirilgan tarzda bajarilmoqda. Zero, mazkur sohaning har tomonlama zamon talablari asosida rivojlantirish bugungi kunning dolzarb va istiqbolli masalalaridan biri hisoblanadi.

Boʼlimda barcha xodimlarning zamonaviy kompьyuter va dasturlar bilan taʼminlangan. Bu esa tez va sifatli loyihalarni ishlab chiqish hamda maroqli mehnat qilishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligi va loyihalashtirishda zarur boʼladigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi demakdir.