“O‘zyo‘lloyiha” loyiha-qidiruv instituti” davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyuldagi “Avtomobil’ yo‘llari infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yo‘l harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 584-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining 2018 yil 30 iyuldagi 340-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.
2025 — yil Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasining 2025-yil 7-noyabrdagi 283-son buyrug‘i hamda Avtomobil yo’llari qo’mitasining 2025-yil 28-noyabrdagi 75-son buyrug‘iga asosan “O‘zyo‘lloyiha loyiha-qidiruv instituti” davlat unitar korxonasi qayta tashkil etish yo‘li bilan “O‘zyo‘lloyiha loyiha-qidiruv instituti” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga o‘zgartirildi. “O‘zyo‘lloyiha loyiha-qidiruv instituti” MChJ 100 foiz Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi ulushi etib belgilandi.
