“O‘zyo‘lloyixa” loyiha-qidiruv instituti DUK ning raxbariyati va yosh xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o’tdi.
Yig‘ilishdan maqsad yosh xodimlardagi sohaga oid taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, har bir yosh korxona xodimidagi muammolarni individual o‘rganish, ularga yechimlar va takliflar kiritish maqsadida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqotlarni doimiy ravishda tashkil qilish.
Yoshlar siyosati bo‘yicha S.Kaxarov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni va “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar” to‘g‘risida shuningdek yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga doir ishlarni amalga oshirish shuningdek chora-tadbir dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini o‘z vaqtida bajarish lozimligi va yoshlardan korxona kelajagini yuksaltirish uchun fidokorona mehnat talab etilishi to‘g‘risida so‘zladi.
Direktor o‘rinbosari O.Radjabov so‘zga chiqib, korxonada faoliyat yuritayotgan yoshlarning muammolarini o‘rganish zarurligi va ularning taklif va tashabbuskorliklarini qo‘llab-quvvatlash kerakligi to‘g‘risida so‘zladi.
Yoshlar yetakchisi B.Daryabaev so‘zga chiqib, “O‘zyo‘lloyiha” DUKning yoshlarga oid ish rejasi ishlab chiqilganligi va uni amalga oshirish bo‘yicha Avtomobil’ yo‘llari qo‘mitasining yoshlar yetakchisi M.Yo‘ldoshev bilan xamkorlikda ishlayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Yosh xodimlar S.Xaydarov, X.Nuriddinov, O.Kimsanboev va D.Xalilovlar so‘zga chiqib, korxonada chet tilini o‘rgatish bo‘yicha onlayn o‘qishini tashkil etish, ustoz-shogird an’anasiga ko‘ra xar xafta texnik Yoshlar yetakchisi B.Daryabaev so‘zga chiqib, “O‘zyo‘lloyiha” DUKning yoshlarga oid ish rejasi ishlab chiqilganligi va uni amalga oshirish bo‘yicha Avtomobil’ yo‘llari qo‘mitasining yoshlar yetakchisi M.Yo‘ldoshev bilan xamkorlikda ishlayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
O‘qishlarni tashkil etish, zamonaviy geodeziya asboblarini olib berish va turli sport musobaqalarini o‘tkazish takliflarini kiritishdi.
S.Kaxarov bu takliflarning xammasi amalga oshirish mumkin bo‘lgan takliflar ekanligi va tez kunda bularni xammasi ijobiy hal etilishi to‘g‘risida so‘zladi.
Z.Azimova so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibor va imtiyozlar to‘g‘risida faxrlanib so‘zladi. Yoshlarning madaniy-ma’rifiy bilimlarini oshirish uchun kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish zarurligi va ularni markaziy milliy kutubxonaga a’zo qilishga, Loyihalashga zamonaviy chet el texnologiyalarini joriy etish uchun chet tilini mukammal bilishlariga va sog‘lom bo‘lishlari uchun doimo ravishda sport bilan shug‘ullanishlariga undadi. Shuningdek futbol va tennis bo‘yicha musobaqani e’lon qilib, uning natijalari bo‘yicha Mustaqillik bayrami arafasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.