«O‘zyo‘lloyiha»xodimlari attestatsiyadan o‘tkazildi

 Kadrlar tarkibini mustahkamlash, ularning nazariy bilimi va kasbiy darajasini baholash maqsadida «O‘zyo‘lloyiha» loyiha qidiruv instituti davlat unitar korxonasi xodimlari attestatsiyadan o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi to‘g‘risidagi” nizomni tasdiqlash haqidagi 295-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2021-yil 29-noyabrdagi 212-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zyo‘lloyiha» korxonasida attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi tuzildi, barcha bo‘limlar bilan birgalikda attestatsiya savollari ishlab chiqildi, bir so‘z bilan aytganda ushbu jarayonga katta tayyorgarlik ko‘rildi.

Attestatsiyaga kirgan har bir xodim haqida komissiya a’zolariga batafsil ma’lumot berildi.

Attestatsiya jarayonida 20 ta savolga javob berish uchun 40 daqiqa vaqt belgilandi. Ushbu savollar xodimlar kasbiy layoqatini bugungi kun talabidan kelib chiqib baholash imkonini berdi.

    Attestatsiya jarayoni samarali tashkil etildi va muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Natijalar esa korxonada bilimli, malakali xodimlar faoliyat yuritayotganini ko‘rsatib berdi.