«O‘zyo‘lloyiha»ning salohiyatli yoshlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 310-son qarori qabul qilindi.
Dasturda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirish borasidagi chora tadbirlar belgilab berildi. «O‘zyo‘lloyiha» korxonasi xodimlarining aksariyati yoshlardan iborat. Jumladan, «Sun’iy inshootlarni loyihalash» bo‘limida soxaga munosib hissa, qo‘shayotgan yoshlar faoliyat yuritmoqda
Odatda yoshlar niholga qiyoslanadi. Korxonada ish boshlagan yoshlarning malakali mutaxassis sifatida shakllanishida ahil jamoa va tajribali ustozlarning xizmati katta.