Daraxtlar. Ular havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, atrof – muhitni shovqinlikdan himoya qiladi.
Ma’lumotga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 3 trln. atrofida daraxt mavjud, biroq xar bir daqiqada ularning 27 ta futbol maydoniga teng qismi kesilmoqda.
“O’zyo’lloyixa” Davlat unitar korxonasi O’zbekistonda daraxtlar sonini oshirishga qaratilgan bu kabi tashabbuslarni qo‘llab – quvvatlaydi.