Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

    Xalqimizning qadimiy va betakror bayramlaridan biri bo‘lgan muborak Qurbon hayitining mazmun-mohiyatida  insonparvarlik, ezgulik, shukronalik va mehr-oqibat singari an’ana hamda qadriyatlar mujassam. Joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul — shanba kuniga to‘g‘ri keldi. “O‘zyo‘lloyiha” DUKda o‘tkazilgan yig‘ilishda korxona rahbariyati xodimlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

    Ushbu muqaddas ayyomda barcha ezgu tilaklar bildirishga oshiqadi. Korxona xodimlari tomonidan ham tabrik va tilaklar bildirildi. Zero,  bu qutlug‘ bayramning mohiyatida mujassam bo‘lgan ezgu va savob ishlar qilib yashash, o‘zaro yordam, mehr-saxovat, sabru qanoat, shukronalik, tinchlik va sog‘likni qadrlashdek ulug‘ fazilatlar alohida ahamiyat kasb etadi.