1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan «O‘zyo‘lloyiha» LQI DUKda

“Yosh musavvir” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqi judayam bolajon xalq. Farzandlarimizga atab bog‘ yaratamiz, uylar qurib, to‘y qilamiz. Bolalar shodligidan ham totliroq narsa bo‘lmasa kerak dunyoda.

 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «O‘zyo‘lloyiha» LQI DUK tomonidan. Tanlovda korxonada faoliyat yuritayotgan xodimlarning 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan farzandlari ishtirok etdi. Tanlovga suratlar  “onlain”  va  “offlain”  tarzda qabul qilindi. Bir-biridan bejirim suratlarda bolalarning beg‘ubor dunyoqarashi, atrof-muhitga nisbatan munosabati va qiziqishlarini ilg‘ash mumkin.

Tanlov yakunida suratlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Bolalar ijodiyotida aks etgan olam korxona xodimlarining e’tiborini tortdi. Tanlov yakunida ishtirokchilarga «O‘zyo‘lloyiha» korxonasi kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan faxriy yorliq va sovg‘alar topshirildi. Pastdagi videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.