Direktor o`rinbosari lavozim majburiyatlari

        Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʼlimi, Xoʼjalik va loyihalarni rasmiylashtirish boʼlimi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, innovatsion texnologiyalarni sohaga tadbiq qilish va zamonaviy uskunalar bazasini shakllantirish boʼlimlari hamda Buxoro viloyati filialiga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi.

            Davlat hokimiyati organlari, mahalliy oʼz-oʼzini boshqarish organlari, fuqarolar va tashkilotlar bilan munosabatlarda «Oʼzyoʼlloyiha» DUK loyiha-qidiruv instituti nomidan ish koʼradi.

            Korxonadagi moliyaviy va iqtisodiy ishlarni, korxonaning moliyaviy resurslari harakatini boshqarishni tashkillashtiradi.

            Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʼlimi, Xoʼjalik va loyihalarni rasmiylashtirish boʼlimi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, innovatsion texnologiyalarni sohaga tadbiq qilish va zamonaviy uskunalar bazasini shakllantirish boʼlimlari hamda Buxoro viloyati filiali faoliyatini bevosita muvofiqlashtiradi va nazoratni taʼminlaydi.

            Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shartnomalarni oʼz vaqtida tuzilishini taʼminlaydi va imzolash uchun direktorga taqdim qiladi.

            Ishlab chiqarish buyruqlari, korxona faoliyatini tashkillashtirish masalalari boʼyicha farmoyish va topshiriqlarni oʼz vizasi bilan asoslantirib, imzolash uchun direktorga taqdim qiladi.

            Аsosiy vositalarni hisobdan chiqarish komissiyasining dalolatnomalarini tasdiqlaydi va Direktorga taqdim qiladi.

            Korxonaning tuzilmaviy boʼlinmalari toʼgʼrisidagi nizomlarni, xodimlarning lavozim yoʼriqnomalarini oʼz vizasi bilan asoslantirib, imzolash uchun direktorga taqdim qiladi.

            Oʼziga berilgan vakolatlar doirasida korxona faoliyatini yuritish uchun zarur boʼladigan asosiy vositalar, moddiy-tovar boyliklar va boshqa materiallar, mahsulotlarni sotib olish, ishlar va xizmatlar koʼrsatish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlarini bajarish uchun shartnomalarni imzolaydi.

            Oʼziga berilgan vakolatlar doirasida oʼzi imzolagan shartnomalar yuzasidan ishlar, xizmatlar bajarilganligi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari bajarilganligi va mahsulotlar yetkazilganligi boʼyicha hisob-fakturalar hamda dalolatnomalarni imzolaydi.

            Korxona xodimlariga qoʼshimcha ish haqi, mukofotlar va boshqa taqdirlash pullarini toʼlash tartibi va shartlarini Oʼzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq belgilashda ishtirok etadi.

            Bajarilgan ishlar va koʼrsatilgan xizmatlar uchun korxona hisobiga mablagʼ tushishi ustidan, shuningdek sotib olinadigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) boʼyicha oʼz vaqtida toʼlov amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.

            Korxona aktivlarini boshqarishda qatnashadi, jumladan: joriy ishlab chiqarish faoliyatini moliyalashtirish, korxona tomonidan texnik rivojlantirishga yoʼnaltirilgan investitsiyalar, moliyaviy investitsiyalar (qimmatli qogʼozlarni sotib olish, qimmatli qogʼozlar portfelini boshqarish, shoʼʼba korxonalarni ochish va hokazo), vaqtinchalik erkin pul mablagʼlari bilan ish koʼrishda ishtirok etadi.

            Maʼlumotnomalar va bevosita oʼz vakolatiga taalluqli boshqa hujjatlarni imzolaydi.

            Moliyaviy mablagʼlar harakati hisobi olib borilishini va moliyaviy hisob va hisobotlarning standartlariga muvofiq tarzda moliyaviy faoliyat yakunlari toʼgʼrisidagi hisobotlar tuzilishini, moliyaviy maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlaydi; hisobot hujjatlari toʼgʼri tuzilishi va rasmiylashtirilishini nazorat qilishda ishtirok etadi.

            Oʼziga berilgan vakolatlar doirasida Oʼzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda va muddatlarda oylik, chorak va yillik buxgalteriya va statistika hisobotlari hamda hisoblari, maʼlumotlarni imzolash xuquqiga ega va ularning oʼz vaqtida topshirilishini taʼminlaydi.

            Belgilangan muddatida toʼlanmagan majburiy toʼlovlar boʼyicha, debitor qarzdorlikni undirish boʼyicha, shuningdek kreditor qarzdorlik boʼyicha hisob-kitoblarini amalga oshirish yuzasidan yozishmalar olib borilishi yuzasidan nazoratni taʼminlashda ishtirok etadi.

            Korxonaning xoʼjalik faoliyatiga doir masalalarni hal etadi.

            Korxona balansida boʼlgan binolarning joriy va mukammal taʼmirlash rejalarini tuzishda, xoʼjalik xarajatlari smetalarini tuzilishini, shuningdek, taʼmirlash ishlarini toʼgʼri bajarilganligini nazoratini taʼminlaydi.

            Korxona boʼlinmalarini mebel, xoʼjalik inventari, muhandislik va boshqaruv mehnatini mexanizatsiyalashtirish vositalari bilan taʼminlanishini tashkillashtiradi, ularning saqlanishi ustidan kuzatib boradi va oʼz vaqtida taʼmirlanishini tashkil etadi.

            Xizmat koʼrsatish uchun shartnomalarni tuzishda zarur boʼladigan hujjatlarni rasmiylashtirish va imzolashni, kantselyariya mahsulotlari, kerakli xoʼjalik materiallari, jihozlar va inventarlarni sotib olish va saqlashni tashkillashtiradi, tuzilma boʼlinmalarini ular bilan taʼminlaydi, shuningdek ularning ishlatilishi qaydlarini va belgilangan hisobotlar tuzilishini nazorat qiladi.

            Xoʼjalik maqsadlarida ajratiladigan materiallar va mablagʼlarning samarali ishlatilishini nazorat qiladi.

            Oʼz vakolati doirasida korxonaning kirish va chiqish xatlarini imzolaydi.

            “Oʼzyoʼlloyiha” DUKning viloyatlardagi filiallariga umumiy rahbarlik va nazoratni amalga oshiradi.

            Direktor xizmat safari, kasallik, taʼtil sababli vaqtinchalik yoʼq boʼlgan davrida uning vazifalarini Direktor oʼrinbosari bajaradi.

            Direktor oʼrinbosari xizmat safari, kasallik, taʼtil sababli vaqtinchalik yoʼq boʼlgan davrida uning vazifalarini Bosh muhandis bajaradi.