Bosh muhandis lavozim majburiyatlari

          Texnik va yoʼl tarmogʼini rivojlantirish boʼlimi, Аvtomobil yoʼllarini loyihalash boʼlimi, Sunʼiy inshootlarni loyihalash boʼlimi, Muhandislik qidiruv va geologiya boʼlimi, Аvtomobil yoʼllarini va koʼpriklarni kompleks laboratoriya va diagnostika qilish boʼlimi, Smeta boʼlimilariga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi.

            Korxonani texnik rivojlantirish siyosatini olib boradi va uning yoʼnalishlarini belgilab beradi.

            Loyihalarni rasmiylashtirish ishlarini, buyurtmalar, shartnomalar, majburiyatlarning oʼz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkillashtiradi.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish tannarxini aniqlashni va buyurtmachi bilan kelishishni amalga oshiradi.

Ishlab chiqarishning kerakli darajadagi texnik tayyorgarligi va uning doimiy tarzda oʼsib borishini, ishlab chiqarish samaradorligi va ish unumdorligini oshirishni, sarf-xarajatlarni (moddiy, moliyaviy va mehnat) qisqartirishni, ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarning yuqori sifati va raqobatbardoshligini, ishlab chiqarilayotgan amaldagi davlat standartlari, texnik shartlar va texnik estetika talablariga mos kelishini, shuningdek ularning ishonchliligi va uzoq muddatliligini taʼminlab beradi.

Yangi texnika va texnologiyani tadbiq etish, tashkiliy-texnik tadbirlarni oʼtkazish rejalari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkillashtiradi.

Loyiha yechimlarining samaradorligini, loyihani ishlab chiqarish jarayonida uning yuqori sifatiga erishilishini taʼminlaydi va loyihalarning sifatli ishlab chiqilishiga javobgardir.

Texnik hujjatlarni oʼz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi.

Eng yangi texnologiyalar, materiallar va texnikalarni tadbiq etishni takomillashtirish choralarini koʼradi.

Muhandis-texnik xodimlar va ishchilarni oʼqitish hamda malakasini oshirishni tashkillashtiradi va doimiy tarzda xodimlar tayyorgarligi takomillashtirib borilishini tashkillashtiradi.

Korxonaning texnik xizmatlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularning ish natijalarini, oʼziga boʼysunadigan boʼlinmalarning mehnat va ishlab chiqarish intizomini nazorat qiladi.

Loyiha-smeta hujjatlari Oʼzbekiston Respublikasida belgilangan standartlar va talablarga muvofiq ishlab chiqilishiga rahbarlik qiladi.

Loyihalash, konstruktorlik va texnologiya intizomi, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yongʼin xavfsizligi qoidalari va normalariga, tabiat muhofazasi, sanitariya organlari talablariga rioya qilinishi, shuningdek qurilishda mualliflik nazoratini amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi.

Ishlab chiqarish boʼlimlari ishini nazorat qiladi.

Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarining loyihalash uchun topshiriqqa mosligini nazorat qiladi va loyihalarning yuqori tashkilotlar hamda ekspertiza organlarida himoya qilinishini taʼminlaydi.

Mutasaddi tashkilotlar tomonidan oʼtkaziladigan loyihaviy yigʼilishlar va texnik kengashlarda qatnashadi, bajarilayotgan loyiha ishlari boʼyicha texnik qarorlarni qabul qiladi.

Tasdiqlangan jadvalga asosan korxona texnik kengashlarida raislik qiladi va ushbu kengashlarning oʼtkazilishi uchun javobgar hisoblanadi.

Korxonaning ishlab chiqarish boʼlimlari tomonidan bajarilgan loyiha-smeta hujjatlarini koʼrib chiqilishini va tekshirilishini nazorat qiladi.

Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarning ish turlari boʼyicha titul varaqlarini va loyihalar boʼyicha mualliflik nazorat kitoblarini imzolaydi.

Korxonaning loyihalarga daxldor va loyihalarni ishlab chiqish bilan bogʼliq korxona, muasssasa, tashkilotlarga yuboriladigan chiqish xatlarini imzolaydi (davlat hokimiyati organlari bundan mustasno).

Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qatnashayotgan xodimlarning ish haqini hisoblash naryadini shakllantirish boʼyicha takliflarini komissiyaga taqdim etadi.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari boʼyicha boʼlim boshliqlari tomonidan bildirishnoma asosida kiritilgan taklif yuzasidan yordamchi tashkilotlarni tanlov asosida aniqlash komissiyasiga rahbarlikni amalga oshiradi va ushbu tanlov komissiyasi majlisi bayonnomalari tasdiqlab Direktorga taqdim qiladi.

Oʼz vakolati doirasida OʼzR Vazirlar Mahkamasi, Oʼzbekiston Respublikasining Transport vazirligi huzuridagi Аvtomobil yoʼllari qoʼmitasi va Buyurtmachilar tomonidan berilgan topshiriqlarning ijro nazoratini taʼminlaydi.

Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarining koʼrgazmali materiallarini tayyorlaydi va buyurtmachilar hamda lozim holatlarda rahbariyat oldida koʼrgazmali materiallar himoyasini amalga oshiradi.

Bosh muhandis kasallik davrida, taʼtilga chiqqan, xizmat safarida boʼlgan va boshqa holatlarda uning vazifalarini bajarish filiallar boʼyicha Bosh direktor oʼrinbosariga yuklatiladi.

Bosh muhandis kasallik davrida, taʼtilga chiqqan, xizmat safarida boʼlgan va boshqa holatlarda filiallar boʼyicha Bosh direktor oʼrinbosari ham yoʼq boʼlgan holatlarda uning vazifalarini direktor bajaradi.